Aziz Usanov
Salom hammaga! Mening ismim Aziz, hozirda sizlar qatori PDP universitetining 1-kurs talabasiman. Matematikani fanini ichida 3 yil bo'lganman va u meni ajralmas qismimga aylanishga ulgurgan. SAT Math imtihonidan 720 olganman. Men sizlarga bir taklif bilan yuzlanyabman. 2-kursdan hamma o'ziga yo'nalish tanlaydi, ko'plardan eshitdim Data Analytics yoki AI yo'nalishida ketmoqchi. Bu ikki sohaga ham MATEMATIKA juda kerak bo'ladi. Yosh talabalar uchun Matematika asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqchiman. Matematika fanini o‘rganish orqali siz: Mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyatingiz rivojlanadi Muammolarni bosqichma-bosqich yechish ko‘nikmasi shakllanadi Universitet fanlariga mustahkam poydevor yaratasiz Texnik va IT yo‘nalishlari uchun zarur matematik bazaga ega bo‘lasiz Amaliy yondashuv: Har bir mavzu bo‘yicha misollar va masalalar Bosqichma-bosqich tushuntirish Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar Xatolarni tahlil qilish va to‘g‘ri yechimga kelish usullari Hozirda matematika asoslariga e’tibor qarataman, chunki bu ko‘plab talabalar uchun qiyinchilik tug‘diradigan, ammo juda muhim bosqich hisoblanadi. Agar talab bo'lsa keyinchalik aynan AI yoki Data Analytics yo'nalishlariga kerak bo'ladigan oliy matematikani ham o'rgatishim mumkin. 0 dan boshlaymiz, hammasi ketma-ket va tushunarli bo‘ladi. Savollar uchun👇: @Usanov_Aziz01902290 Hurmat bilan, Usanov Aziz.